Qirğiziston respublikasi davlat qarzi 4,075 mlrd dollarga yetdi, deb xabar qilmoqda mamlakat moliya vazirligi.
"Rasmiy ma'lumotlarga köra, bugungi kunga kelib, taşqi qarz qariyb 3,765 mlrd dollarni, içkisi salkam 310 mln dollarni taşkil etadi", - deyiladi vazirlik xabarida.
Moliya vazirligining qayd etişiça, respublikaning davlat qarzlari belgilangan muddatda qat'iy ravişda ado etiladi. "Ötgan yili qarz tölaşga 20,75 mlrd som (299 mln dollar) sarflangan. 2015 yil bilan qiyoslaganda, qarzni tölaş uçun xarajatlar 44 foizga oşgan", - deya ma'lum qilingan hisobotda.
Qirğiziston davlat qarzining asosiy qismini xorijiy kreditlar taşkil etadi. Respublika birgina Xitoyning turli moliyaviy tuzilmalaridan mustaqillik yillarida 2,086 mlrd dollar miqdorida qarz olgan. Ularning aksariyatini yöllar quriş va energetika sohasini rivojlantirişga sarf etib bölgan.
Bunda, Qirğiziston moliya vazirligining işontirişiça, mamlakat davlat qarzi "ruxsat berilgan limit" doirasidadir. Respublika qonunçiligiga köra, mamlakat taşqi qarzi YaIMning 60 foizidan oşmasligi kerak.
Bugungi kunda milliy valyutaning dollarga nisbatan rasmiy kursi 69,48 somni taşkil etadi. Biroq, almaştiriş byurolari va tijorat banklari AQŞ dollarini 69,7-69,75 somdan sotişadi.











