Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi 2016 yil yakunlariga köra turli nominatsiyalar böyiça yilning eng yaxşi kuraşçilarini e'lon qildi.
Suhrob Xudoyberdiyev mazkur musobaqada körsatgan mahorati, çiroyli usullarni qöllagani uçun Kuraş xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan "Yilning eng yaxşi texnika sohibi", deb e'tirof etildi.
Hindistonning Koççi şahrida yigirma yoşgaça bölgan yigit-qizlar örtasida kuraş böyiça VIII jahon çempionati ötkazildi. Nufuzli çempionatda dunyoning ellikdan ziyod mamlakatidan beş yuzga yaqin sportçi 15 vazn toifasida ğoliblik uçun özaro bellaşdi. Musobaqada muvaffaqiyatli qatnaşgan özbekistonlik polvonlar 9 oltin, 3 kumuş va 1 bronza medalni qölga kiritdi.
Mazkur nufuzli musobaqa "Yilning eng yaxşi çempionati", deb topildi.
Eronlik Mustafo Dalirian “Yilning eng yaxşi erkak kuraşçisi”, Xitoy Taypeyi vakilasi Li Van Ting "Yilning eng yaxşi ayol kuraşçisi", Dominikan Respublikasidan Algimedez Ortiz Kruz va Janubiy Afrika Respublikasi vakilasi Xenriyett Moller “Yilning eng yaxşi hakam”lari, Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Sun Jun Kyun "Yilning eng yaxşi murabbiyi", Kongo Respublikasi kuraş assotsiatsiyasi “Eng yaxşi milliy federatsiya”, Panamerika kuraş ittifoqi “Eng yaxşi qit'a federatsiyasi", deb topildi.











