“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği 2016 yil yakunlarini e'lon qildi. Unga köra, OK uçun ötgan yil loyihaning 10 yillik tarixidagi eng omadli davr böldi. Ijtimoiy tarmoq bu vaqtda uçta yangi ilova, OK içida 20dan ortiq mahsulotlar va biznes hamda mediaga möljallangan 36ta yangilanişni taqdim etdi. Platforma video, öyinlar, şaxsiy xabar va guruhlar yönalişida köproq rivojlandi. 

Kun.uz’ga kompaniya tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, OK’ning mobil auditoriyasi soni 17 foizga oşgan. Şuningdek, u Rossiya ijtimoiy tarmoqlari orasida saytda bir kunda böliş vaqti böyiça ham yetakçi böldi – 50 daqiqa.

iOS’dagi öyinlar foydalanuvçilari soni 59, Android’dagi esa 50 foizga oşgan bölsa, “Video” bölimida bu körsatkiç 29 foizga teng böldi. Har kunlik videotranslyatsiyalar miqdori deyarli 3 baravarga ösdi.

“Odnoklassniki – köngiloçar ijtimoiy tarmoq. Biroq, biz ötgan yil natijalariga qarab, bu nafaqat oddiy ijtimoiy tarmoq, balki ijtimoiy köngiloçar servisga aylanganini körişimiz mumkin. Biz uçun foydalanuvçilar soni bilan bir qatorda, alohida yönalişlarning ösişi ham muhim ahamiyatga ega. Bular – xabarlar, video tomoşa qiliş, öyinlar ommabopligi, şuningdek har bir insonning saytda ötiriş vaqti. OK hozirda – bu ilovalar, mahsulotlar va kontent qöllab-quvvatlovidagi maxsus loyihalar ekotizimidir. Biz 2017 yilda yana bir neça köngiloçar servislarni işga tuşirişni rejalaştirmoqdamiz. Bizda köplab yangi guruhlar va şaxsiy sahifalar paydo böladi”, - deya aytib ötdi Odnoklassniki loyihasi rahbari Anton Fedçin.