Rossiyaning eng yirik moliya muassasalaridan biri Sberbank 2017 yili 3 ming xizmatçisini lavozimidan ozod etadi. Ularning vazifasini robot ado etadi. Robotlaştiriş jarayoni rivojlanişi bilan boşqa mutaxassislar ham qisqartiriladi, deya ma'lum qilgan Sberbank rahbari örinbosari Vadim Kulik Gaydar forumida. 

Uning aytişiça, "ötgan yilning törtinçi çoragida yurist-robot işga tuşirilgan, u arizalarni mustaqil ravişda örganib çiqa oladi. Şunga köra 2017 yilning birinçi yarim yilligida jismoniy şaxslarning murojaatlari böyiça barça işlar şunday robotlarga topşiriladi", — degan Kulik.

Kulik keyinçalik, Sberbank matbuot xizmati orqali masalaga oydinlik kiritişiça, robotlar muassasadagi yuristlarning işini yengillaştirib, ularning murakkab huquqiy masalalar bilan şuğullanişiga imkon berişini aytgan. 

Şu bilan birga, Sberbank yuristlarga qayta öqitişdan ötişni taklif qiladi, biroq, bu qisqartişlarning oldini ololmaydi.