AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan çiqişidan keyingi taşkilotning parçalaniş ehtimolini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda Daily Telegraph naşri Amerikaning YeIdagi elçisi Entoni Gardnerga asoslangan holda yozmoqda. U yaqinda öz vakolatlarini topşiradi.
"Yevropaning parçalanişini qöllab-quvvatlaş bilan biz öz manfaatlarimiz yölida xizmat qila olişimizni öylaş mutlaq axmoqlikdir", - degan diplomat. "Brexit tarafdori böliş esa, biz uçun axmoqlikning çöqqisidir", - deb qöşimça qilgan Gardner.
Uning sözlariga köra, saylangan prezident jamoasi a'zolari Buyuk Britaniyadan söng, Yevropaning qaysi mamlakati Londondan örnak olişi mumkinligiga qiziqmoqda. "Umuman, faqat bitta savol berildi: "Keyin qaysi davlat (YeIdan) çiqadi?", - deb qayd etgan AQŞning YeIdagi elçisi.
Tramp Brexit jarayonini qöllab-quvvatlaşini yaşirmagan va Birlaşgan qirollik Mustaqillik partiyasining sobiq yetakçisi (UKIP) Nayjyel Farajni qadrlaşini aytgan edi. Aynan uning taşviqoti sababli, Britaniya yevroskeptiklari ötgan yili iyun oyidagi referendumda ğalaba qozongan. Trampning saylovoldi kampaniyasi çoğida ham Faraj bir neça marotaba AQŞga kelgan va keyinçalik ma'lum bölişiça, AQŞning bölğusi prezidenti bilan tajribasini örtoqlaşgan.
2016 yil 23 iyunda Buyuk Britaniyada bölib ötgan referendumda ovoz bergan britaniyaliklarning 51,9 foizi YeI tarkibidan çiqiş ğoyasini ma'qullagan edi. Şundan söng, Devid Kemeron boş vazir lavozimidan iste'fo bergan, uning örnini Tereza Mey egallagandi. U xalq irodasini bajarişga va'da bergan edi.












