Amerikalik San-Frantsisko şahridagi kutubxonaga 100 yil avval olingan kitobni qaytarib berdi. Bu haqda San Francisco Chronicle gazetasi xabar qilmoqda.

Frensis Xopkins Smitning "40 daqiqaga keçroq" hikoyalar töplami Uebb Jonsonning katta buvisi tomonidan kutubxonadan 1917 yilda olingan.

Erkakning aniqlaşiça, uning katta buvisi kitobni qaytariş muddati öz yakuniga yetişiga bir hafta qolganida hayotdan köz yumgan. Amerikalik kitobni aslida 1996 yilda topib olgan bölib, uni kutubxonaga qaytarib olib borib bermagan. U kitob bir neça yildan söng, oilasiga ötib ketgan, deb öylagan ekan.

Kutubxona kitobni qaytariş muddati ötib ketgani tufayli jarima belgilamadi - sababi hozirda kitoblarni qaytariş böyiça maxsus aksiya ötkazmoqda.