Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TİKA) Respublika ixtisoslaşgan urologiya markazining Xorazm viloyatidagi onkologiya dispanseriga tibbiy qurilmalar taqdim qildi.

Agentlikning xabarida aytilişiça, Anqara urologiya klinikasi şifokori, Özbekistonda TİKA va Soğliqni saqlaş vazirligi hamkorligi doirasida bölgan Yilmaz Aslan şifoxonaga berilgan barça qurilmani tekşiruvdan ötkazgan.   

Turkiyalik mutaxassis şifoxona xodimlariga asboblar va qurilmalardan foydalaniş böyiça axborot bergan va ikki özbek şifokori, jumladan urologiya markazi şifokori bilan ikki nafar bemorning operatsiya qilinişida iştirok etgan. 

Bu turk agentligining Özbekistondagi birinçi xayriya aksiyasi emas. Agentlik "Soğlom avlod uçun" xayriya jamğarmasi bilan kelişuv asosida jamğarmaning Samarqand viloyatidagi filiali tibbiy-ijtimoiy yordam mobil brigadasiga "Peugeot" rusumidagi "Mobil klinika" maşinasini taqdim qilgandi.