1950-yillarda namoyiş qilingan amerika seriali Trackdown’da qiyomat qoyimdan saqlaniş uçun şahar atrofida devor qurmoqçi bölgan Uolter Tramp ismli qahramon aniqlandi. Bunga Snopes portali e'tibor qaratdi.

Serialning bu epizodi 1958 yilda CBS telekanali orqali namoyiş qilingan va "Qiyomat qoyim" deb atalgan.  Uolter Trampni "Yulduzli yöl" serialining rejissyori va aktyor Lourens Dobkin ijro etgan.

YouTube’da bu epizod 2016 yil noyabrda "Bu teleşou 1958 yilda Donald Trampning paydo bölişini başorat qilgan" degan yozuv bilan paydo bölgandi, biroq foydalanuvçilar bu rolikka endigina e'tibor qaratişdi. 

Syujyetga köra, Uolter Tramp şaharliklarni ularga olovli yomğir xavf solayotgani va bu falokatdan ularni faqatgina u qutqarib qolişiga işontirmoqçi böladi. Mahalliy politsiyaçi aslida Tramp uning nayranglarini şahar taşqarisida heç kim bilmasligi uçun devor qurmoqçi bölgan firibgar ekanligini aniqlaydi. 

Epizod oxirida Tramp hibsga olinadi.

Noyabrda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari "Simpsonlar" multserialining 16 yil avvalgi epizodlaridan biriga e'tibor qaratişgandi. Unda boş qahramonlardan biri Liza Simpson Trampdan keyin AQŞ prezidenti böladi va mamlakat töliq inqirozda ekanligini aniqlaydi. Unga maslahatçilari bu inqiroz Trampning özini oqlamagan investitsiyalari sababli yuz berganini tuşuntirişadi.