Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev "pul yöq" deb aytgan sözlari borasida yana hazillaşdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu holat OAV sohasida Rossiya hukumatining 2016 yilgi mukofotlarini topşiriş marosimida yuz berdi.

"Hayot murakkab narsa, pul esa yöq. Men buni bilaman", deb aytdi Medvedev.

Medvedev Rossiyadagi yangi yil bayrami eng uzoq davom etuvçi ekanligini va bu bayram 13 yanvarda "Tangriga şukurki, butun mamlakat va odamlar uçun yakunlanadi", deb aytdi. 

2016 yil mayida Medvedevning Qrimga taşrifi vaqtida u yerlik aholi unga pensiya borasida şikoyat qilişgan. Medvedev pensiya bilan muammolar butun mamlakat böylab mavjudligini tan olgan hamda "Pul yöq" deb löndagina javob bergan.

Medvedevning qrimliklar bilan bu suhbati bir neça soat içida memga aylanib ketgan. Medvedevning "Pul yöq, biroq siz bardam böling!", "Soğliq, yaxşi kayfiyat" iboralari esa ommalaşib ketgan.