Muhojirlar Serbiya poytaxti Belgradda sovuq qiş şaroitida omon qoliş uçun şahar boğlarida va qarovsiz uylarda tunni ötkazişga majbur bölmoqdalar.
Ğarb davlatlari muhojirlar Yevropaga boriş uçun foydalangan "Bolqon yöli"ni yopganlaridan keyin Serbiya hududida çegaralarning oçilişini kutayotgan minglab muhojirlar töplanib qolgan.
Bunday muhojirlardan biri pokistonlik Alamsar Serbiyada yarim yildan beri ekanligini va sovuq ob-havoda Belgrad universiteti avtoturargohida tunni ötkazişga majbur bölayotganini ma'lum qilgan.
"Boşqa 10 muhojir bilan men avtoturargohning 2-qavatida tunamoqdaman. Şamol va sovuqdan himoyalaniş uçun bizda faqat eski adyollargina bor", deb aytmoqda Alamsar.
Köplab muhojirlar uçun tunaş joyini "Çegara bilmas şifokorlar" taşkiloti vaqtinçalik joylarda taşkil etmoqda. Bu yerda muhojirlar bir kunda bir marta issiq ovqat olişlari mumkin, biroq duş qabul qiliş uçun soatlab navbatda turişlariga töğri kelmoqda.
















