Rim papasi Frantsisk şanba kuni ertalab Falastin yetakçisi Mahmud Abbosni qabul qildi.

Corriere della Sera gazetasining xabar berişiça, pontifik va Falastin milliy ma'muriyati raisining suhbati 23 daqiqa davom etgan. Tomonlar uçraşuv avvalida bir-birlariga sovğa ulaşişgan.

Rim papasi Frantsisk va Abbos Falastinning Vatikandagi elçixonasi oçilişini muhokama qilişdi. Uning rasmiy oçiliş marosimida Mahmud Abbos ham iştirok etadi.

"Bu papa falastinliklar va tinçlikni yaxşi körişidan dalolat", - degan Abbos uçraşuvdan söng.

Falastin milliy ma'muriyatining Vatikandagi elçixonasi 2015 yilning iyunida ikki mamlakat örtasidagi özaro munosabatlar töğrisida imzolangan kelişuv sabab oçilmoqda.

Vatikan va Falastin ozodlik taşkiloti tomonidan rasmiy munosabatlar 1994 yilning 26 dekabr kuni örnatilgan. Şundan söng özaro kelişuv matni ustida iş boşlagan ikki tomonlama komissiya tuzildi. “Asos kelişuvi” nomi ostidagi bitim 2000 yilning 15 fevral kuni imzolangan. Şu bilan bir qatorda, tomonlar kelajakda özaro aloqalar töğrisidagi ikki tomonlama kelişuv imzolanişi uçun hamkorlikda işlaşga kelişib olişdi. Biroq bu Rim papasi Benedikt XVI’ning muqaddas yerlarga 2010 yilda uyuştirgan ziyoratidan söng röy bergan.