AQŞning bölğusi prezidenti Donald Tramp uçun Cadillac limuzini yaratilmoqda. General Motors kompaniyasi va AQŞ maxsus xizmatlari hamkorligida yaratilayotgan maşina Trampning xavfsizligini ta'minlaş uçun eng ilğor texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Ikki yil davomida yaratilgan Cadillac Monster 2 deb ataluvçi bu maşina 20 sm li zirhli himoya, közni yoşlatuvçi gaz otuvçi zambarak, hayotni ta'minlaş sun'iy qurilmasi va zaxira qon ballonlari bilan jihozlanadi.
AQŞ OAV ma'lumotlariga köra, eng yangi prezident limuzini Trampning inauguratsiyasi kuni ommaga taqdim qilinadi.












