AQŞda yuz yildan ziyod vaqt davomida faoliyat yuritib kelayotgan eng qadimiy The Ringling Bros. and Barnum & Bailey sirki 2017 yilning may oyida özining sönggi tomoşasini ommaga havola etadigan böldi. Sabab - çiptalar sotuvining tuşib ketişi va katta xarajatlar. Bu haqida 14 yanvar, şanba kuni sirk egasi hisoblanuvçi Feld Entertainment kompaniyasi rahbari Kennet Feld bergan xabarga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi.
"Uzoq öy-fikrlar va hisob-kitoblardan söng men va mening oilam şu yilning may oyida eng oxirgi tomoşani qöyişga qaror qildik. The Ringling Bros. çiptalari sotuvi pasaymoqda, biroq bu tendensiya sirk fillarining qarişi natijasida yanada murakkablaşadi. Katta xarajatlarni ham inobatga oladigan bölsak, sirkning bundan keyingi faoliyati noçor biznesga aylanadi", - deya izohladi 1967 yildan buyon The Ringling Bros. and Barnum & Bailey'ga egalik qiluvçi oila a'zosi Feld.
Kompaniya rahbari sirkning sodiq muxlislariga öz minnatdorçiligini bildirdi. Sönggi şou 7 va 21 may kunlari Rod-Aylend va Nyu-York ştatlarida bölib ötadi.
Jonivorlar huquq himoyaçilari uzoq yillar davomida The Ringling Bros. and Barnum & Bailey sohiblari bilan kuraş olib borişdi. Tsirk egalari 2011 yilda tinçlik şartnomasi asosida 270 ming dollar miqdorida jarima tölaşdi. Feld Entertainment jonivorlar bilan şafqatsiz munosabatda bölganini tan olmagan, lekin hayvon örgatuvçilarning professional tayyorgarligiga kerakli özgarişlarni kiritişga va'da bergan.
Tsirk 1884 yilda Viskonsin ştatida oçilgan. Örgatilgan fillar şousi truppaning "taşrif qoğozi"ga aylangan.












