Dunyoga endigina kelgan çaqaloqni göyo oppoq, toza daftarga taşbeh qiliş mumkin. Endi bu daftarga u köradigan, eşitadigan, sezadigan barça narsalar yozila boşlaydi. Demak inson hayotining ilk lahzalaridan boşlab ilm ola boşlaydi. “Ilm” sözi luğatda “biliş, anglab, tuşunça hosil qiliş, bir narsaning haqiqatini, mohiyatini biliş” kabi ma'nolarni anglatadi. Şuning uçun ulamolar ilmga “haqiqatni xuddi voqelikdagidek idrok qiliş” deb ta'rif berişgan. Buning ma'nosi şuki, olingan ma'lumot asl mohiyatni töğri anglatsagina, undan dunyo va oxiratiga manfaat hosil bölsagina çinakam ilm hisoblanadi.

Ilm ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson hayotini töğri yölga solmagan, uning fe'l-atvoriyu amalida ta'siri bilinmagan ilmda yaxşilik, xayr-baraka yöqdir. Şuning uçun örganilgan emas, amal qilingan ilm haqiqiy ilm sanaladi. Öqigan, bilganiga amal qilmagan odam bu ilmning hammoli böladi, xolos.

Mavlono Jaloliddin Rumiy aytganlaridek, “Jaholat – zulmatdir. Qoronğida daraxt dev bölib, olma esa toş bölib körinadi”. Johil odamga oddiy narsa qörqinçli bölib, yaxşi narsa foydasiz bölib körinadi. Bu illatning davosi esa ilmdir. Ilm haq bilan botilni farqlaşning eng muhim vositalaridan biridir, bitmas-tuganmas xazinadir.

Ilmning özi şu qadar xazinaga ega ekan, uni örgatgan olimlar, ustozlar, murabbiy va muallimlarning fazli qançalar uluğ böladi? Albatta, bizni ilm dengizidan, hikmat sarçaşmalaridan bahramand qilgan ustozlarimizning darajalari benihoya yuksak böladi. “Ustoz otangday uluğ” deb bejizga aytilmagan.

Buyuk ajdodlarimiz, bobokalonlarimiz ilmli bölganlar, ilm örganişni farz, ilm örgatişni esa burç deb bilganlar, pok niyat bilan ilm ummonidan duru javohirlar qidirganlar. Şu bois, muqaddas diyorimiz ilmu ma'rifat makoniga aylandi, köplab masjidu madrasalar bino böldi, ulardan ming-minglab buyuk zotlar yetişib çiqdi. Xalqimizning çinakam iftixori bölmiş bu ulamolar va fuzalolar başariyatga mudarris böldilar, islom nurini butun olamga taratdilar, dunyoni ilmu ma'rifatga töldirdilar.

Imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy, Bahouddin Naqşband, al-Farğoniy, Zamaxşariy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk allomalarimiz diyorimizning dovruğini kurrai zaminga, jumlai jahonga yoydilar. Mana ming yildan oşdiki, butun dunyo bizni Buxoriyning vatandoşlari, Termiziyning avlodlari deb ehtirom qiladi.
Biz ana şunday uluğ ajdodlarning avlodlarimiz, ular qoldirib ketgan bitmas-tuganmas ilmiy merosning, ulkan xazinaning vorislarimiz. Yurtimiz istiqlolga erişganiga çorak asr tölgan bugungi dorulamon kunlarda sizu bizning vazifamiz yana ilmga beriliş, fan-texnika taraqqiyoti tufayli erişgan barça bilimlarni egallaşdir. Zero, islom dini insonning ikki dunyo saodatiga erişişi uçun manfaatli bölgan har bir bilimni ilm deb hisoblaydi.