Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni muftiysi kinoteatrlarni "ma'naviy buzuqlik" deb atadi
Saudiya Arabistoni oliy muftiysi shayh Abdulaziz ibn Abdulloh ash-Shayh kinoteatrlarda filmlar tomosha qilish va qo‘shiqchilarning odamlar oldida qo‘shiq aytishini "axloqsizlik" deb atadi.
Muftiy "Al-Majid" telekanalidagi ko‘rsatuv davomida qirollikda qo‘shiqchilarga omma oldida chiqishga litsenziyalar berilishi va kinoteatrlarning roli haqidagi munozaraga izoh berib, qo‘shiq kechalarida va kinoteatrlarda "hech qanday yaxshi narsa yo‘qligini, ular ma'naviy buzuqlikka olib kelishi, qadriyatlarga xuruj qilishi va jinslarning aralashib ketishiga yo‘l berishini" aytdi.
"Qo‘shiq kechalari va kinoteatrlar – ma'naviy buzuqlik ekanini bilamiz", deb aytdi muftiy. Uning aytishicha, kinoteatrlarda "madaniyatni o‘zgartirish maqsadida xorijdan olib kelingan bema'ni, pornografik, axloqsiz filmlar namoyish qilinadi".
Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni jamiyatida qirollikda amal qilinadigan ultrakonservativ diniy qadriyatlar, jumladan jinslar ajratilishi tamoyilidan voz kechish tarafdorlariga ajralish kuzatilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026