Boks böyiça Özbekiston terma jamoasining birinçi, ikkinçi va uçinçi tarkiblari Toşkent viloyatidagi "Yangiobod" öquv-maşğulot bazasida şuğullanişmoqda. Bu yerda maşğulotlarning 19 yanvarga qadar davom etadigan birinçi bosqiçi ötkaziladi. Boksçilarning ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan suratlaridan maşğulotlar yuqori darajada ötmoqda, jamoada esa döstona muhit hukm surmoqda.
Şuni ta'kidlaş joizki, özbekistonlik boksçilar Rio Olimpiadasi vaqtida raqib jamoalarning hayratiga sabab bölgan edi. Sababi, özbekistonlik boksçilar döstona ravişda jamoadoşlarining jangiga taşrif buyurişgan va ularni qöllab-quvvatlaşgan edi.
Quyida e'tiboringizga yiğindan video va suratlarni taqdim etamiz.














