Angliya premer-ligasining 21-turidan örin olgan sönggi uçraşuv öz nihoyasiga yetdi. Turning markaziy uçraşuvida «Yunayted» azaliy raqiblaridan biri «Liverpul»ni qabul qildi.

Birinçi davrada bölgani kabi bu uçraşuvda ham ğolib nomi aniqlanmadi. Avvaliga Jyeyms Milner Pol Pogbaning jarima maydonçasi içida töpni qöli bilan öynagani uçun belgilangan penaltini aniq amalga oşirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib çiqqandi. Uçraşuv tugaşiga 6 daqiqa qolganida Zlatan Ibrahimoviç tomonidan kiritilgan gol mezbonlarni mağlubiyatdan qutqarib qoldi. Şunga qaramay bu uçraşuv «MYu»ning 9 uçraşuvdan iborat ğalabali seriyasiga yakun yasab berdi.

Uşbu natijadan keyin «Liverpul» hisobidagi oçkolar soni 45taga yetdi va ular «Arsenal»ni törtinçi öringa tuşirib ikkinçi öringa kötarilib olişdi. «Mançester Yunayted» esa 40 oçko bilan 6-poğonani band etib turibdi.

APL, 21-tur

Mançester Yunayted – Liverpul 1:1 (0:1)
Gollar: Ibrahimoviç (84) – Milner (27, penalti).

Mançester Yunayted: De Xea, Roxo, Jons, Darmian (Fellayni, 76), Valensiya, Errera, Kerrik (Runi, 46), Pogba, Mxitaryan, Marsyal (Mata, 65), Ibrahimoviç.
Liverpul: Minole, Aleksander-Arnold, Klavan, Lovren, Jan, Xenderson, Lallana, Veynaldum, Firmino, Milner, Origi (Koutino, 61).
Ogohlantirişlar: Lovren (31), Veynaldum (61), Errera (90+2), Firmino (90+2).