Bolgariya hukumati butun mamlakat böylab parranda grippining 63 öçoğini qayd qildi, 430 mingdan köproq quş zararlangan. Ulardan aksariyati yöq qilingan, deb ma'lum qildi Bolgariya qişloq xöjaligi va oziq-ovqat vaziri vazifasini bajaruvçi Desislava Taneva.
Novinite agentligining ma'lum qilişiça, quşlarning eng köp miqdorda zararlanişi Plovdiv şahri yaqinida qayd qilingan. Zararlangan quşlarning asosiy qismi ördaklar bölib, bolgariyalik fermerlar oxirgi mahal bu parrandani köproq yetiştira boşlaganlar.
Tanevaning aytişiça, kasallik avj olişining asosiy sababi parrandalar yetiştiriladigan fermalarda gigiyenik me'yorlarga amal qilmaslik hisoblanadi. Mamlakat hukumati muammoni hal qiliş uçun 1 mln lev (540 ming dollar) ajratdi, biroq buning uçun 5 marta köproq mablağ talab qilinişi mumkin.
Mutaxassislarning fikriça, epidemiya sababli tuxumlar narxi kamida 10 foizga oşib ketadi.












