2017 yilda AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining 330 nafarga yaqin dengiz piyoda askarlari Norvegiyada joylaştiriladi. Bu haqda NRK davlat telekanali xabar qilmoqda.
Amerika harbiy dengizçilarining bu mamlakatda bölişi qöşma maşğulotlarda iştirok etiş va Norvegiya Qurolli kuçlari harbiy xizmatçilarini tayyorlaş bilan çeklanadi.
Harbiy dengizçilar 16 yanvarda Norvegiyaga yetib kelişadi va Tronxeym şahri yaqinidagi Vernes harbiy bazasida kamida bir yil qolişadi.
Şu bilan birga, Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova NRK telekanaliga bergan intervyusida Amerika dengiz piyoda qöşinlarining Norvegiyaga joylaştirilişiga fikrini bildirgan.
Uning sözlariga köra, rasmiy Moskva bu borada taşvişlanmaydi, çunki RF va Norvegiya örtasida heç qanday muammo mavjud emas.












