Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti OPeK boş kotibi Muhammad Barkindo 15 yanvar kuni Venesuelaga taşrif buyurdi. Bu haqda Janubiy Amerika davlati neft vazirligi xabar qilgan.
"OPeK boş kotibi neft bozoridagi vaziyatni muhokama qiliş maqsadida Venesuela hukumati bilan uçraşadi", — deyiladi vazirlikning Twitter mikroblogida. U yerda OPeK boş kotibining kelişiga doir suratlar ham e'lon qilingan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro, öz navbatida, narxlarni barqarorlaştiriş uçun yangi taklifni ilgari suriş niyatida ekanini bildirgan edi. Uning sözlariga köra, kelasi haftada, öz taklifi bildirilgan maktublarni barça manfaatdor tomonlarga yuboradi.
OPeK 30 noyabrda neft qazib olişni kuniga 1,2 million barrelga qisqartirişga qaror qilgan edi. Taşkilotga kirmaydigan mamlakatlar 10 dekabrda kuniga 558 ming barrelga qisqartiriş borasida bitimga kelgandi.












