14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini har tomonlama tahlil qiliş hamda respublika hukumatining 2017 yil uçun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalarini belgilaşga bağişlangan kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Unda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev sözga çiqdi va turli sohalardagi bir qator muhim kamçiliklar haqida söz yuritdi. 

Jumladan, Özbekiston rahbari qişloq xöjaligi sohasiga ham töxtalib ötdi.

“2016 yilda qişloq xöjaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy özgarişlarni yanada çuqurlaştiriş böyiça tizimli işlar davom ettirildi. 

Şu bilan birga, 2016 yil uçun belgilangan prognoz körsatkiçlar va ustuvor vazifalarni bajarişni ta'minlamagan ayrim rahbarlarga bugun hukumat majlisida alohida baho beriş zarur, deb hisoblayman. 

Birinçi – bu yer maydonlarini optimallaştirişdagi kamçiliklar. Toşkent, Namangan, Jizzax, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida bu jarayon talab darajasida ötkazilmagan. 

Xalq deputatlari tuman Kengaşlari tomonidan fermer xöjaliklarini taşkil etiş böyiça nomzodlar tanlaşda jiddiy xatolarga yöl qöyilgan. 

Ikkinçi – ayrim fermer xöjaliklari yetarliça aylanma mablağlar, zarur texnika va boşqa moddiy-texnik resurslarga ega emas. Bu qişloq xöjaligi ekinlarining hosildorligiga, şartnoma majburiyatlari bajarilişiga va fermer xöjaliklarining rentabelligiga salbiy ta'sir körsatmoqda. 

Uçinçi – işlar yetarli darajada taşkil etilmagani va ayrim rahbarlarning, jumladan, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlari sobiq hokimlarining şaxsiy mas'uliyatsizligi sababli bir qator tumanlar va fermer xöjaliklarida kutilgan darajada paxta hosili olinmadi. 

Kosonsoy, Angor, Muzrabot, Qiziriq, Şerobod, Quyiçirçiq, Qöştepa tumanlarida paxta sotiş böyiça şartnoma majburiyatlari 60-65 foiz darajasida qolib ketgan. Zarbdor, Paxtakor, Arnasoy, Mirzaobod, Xovos, Sardoba, Guliston, Çust va Bekobod tumanlarida davlat zaxirasi uçun ğalla yetkazib beriş majburiyatlari bajarilmagan.