Ma'lumki, 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini har tomonlama tahlil qiliş hamda respublika hukumatining 2017 yil uçun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalarini belgilaşga bağişlangan kengaytirilgan majlisi bölib ötdi. Unda davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev sözga çiqdi.
2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlarini har tomonlama tahlil qiliş davomida qölga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamçiliklarga ham alohida töxtalib ötildi. Yöl qöyilgan xatolar va kamçiliklar, taşabbussizlik uçun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etiş hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantiriş böyiça öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta'minlaşda şaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.
Mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev "Özneftmahsulot" faoliyatidagi bir qator kamçiliklar xususida öz fikrini bayon qildi.
"Şunday katta taşkilot rahbari 1 trillion qarzingiz bor, indamay yuribsiz, davlat puli-ku bu, agar bu byudjyetga tuşganda qança pul bölardi? Nimaga 5 yildan beri birorta yangilik yöq? Şu bois Sultonovni işdan oliş töğrisida taklif emas, qaror qabul qilindi", - dedi davlatmiz rahbari.
Şuningdek Şavkat Mirziyoyev "Özkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati raisi Ibragimov Normat Sa'dullayeviçni ham işdan olişni taklif qildi.
















