Belgiyaning sobiq boş vaziri Gi Verxofstadt va yana 6 nafar yevrodeputat Yevroparlament (YeP) rahbari lavozimiga öz nomzodlarini qöydilar. Buni Strasburgdagi navbatdagi yiğilişning oçilişida YeP spikeri Martin Şults ma'lum qildi. 

Gi Verxofstadt Belgiya boş vaziri lavozimini 1999-2008 yillar egallagan. Undan taşqari, bu lavozimga 2014 yilda YeP spikeri vazifasini vaqtinçalik bajargan Janni Pitella (Italiya), Laurentsiu Rebega (Ruminiya), Xelga Stevens (Belgiya), Jin Lambert (Buyuk Britaniya); Antonio Tayyani (Italiya) va Eleonora Forentsa (Italiya) öz nomzodlarini qöydilar.

YePning yangi raisi saylovi 17 yanvarda Strasburgda 09:00da boşlanadi. Saylovlar uç bosqiçda ötadi, ğolib mutlaq köpçilik ovoz töplaşi kerak böladi. Agar uç bosqiç natijasiga köra ğolib aniqlanmasa, qöşimça 4-bosqiç böladi va unda 3-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod kuraşadi. "Bu Yevroparlamentga barça 750 deputat keladigan kamdan-kam böladigan kunlardan biri böladi, şu sababli ovoz beriş oldidan şaxsingizni tekşiriş uçun guvohnomalaringizni özingiz bilan olib kelişni unutmang", deb aytdi Martin Şults deputatlarga yuzlanib.