General Motors yaqin vaqt içida AQŞ hududida işlovçi korxonalarini kengaytirişga 1 milliard dollar investitsiya kiritib, qöşimça mingta yangi iş örni yaratişi haqida ma'lum qiladi. Bu haqda Bloomberg öz nomini oşkor etişni istamagan manbaga asosan xabar berdi. Uning sözlariga köra, korporatsiya tomonidan bunday qaror Donald Tramp tomonidan bosim ötkazilgaç, qabul qilingan.

Investitsiyalar işlab çiqarişni yanada kengaytirişga tegişli bölib, ular yangi avtomobillar işlab çiqariş uçun qayta jihozlaş böyiça rejaning bir qismiga aylanadi.

Avvalroq GM Trampning Chevrolet Cruze işlab çiqarişni Meksikadan AQŞga köçiriş haqidagi buyruğini bajarişdan boş tortgandi.

Tramp 15 yanvar kuni Meksikada işlab çiqarilgan hamda AQŞga olib kiriladigan avtomobillarga 35 foiz soliq kiritişga va'da berdi. Uning sözlariga köra, istalgan kompaniya uçun zavodini Qöşma Ştatlar hududida quriş ança foydali iş bölar ekan.