«Çelsi» hujumçisi Diyego Kosta inglizlar klubini tark etişi borasida xabarlar köpaygandan köpaymoqda.
The Independent xabarida qayd etilişiça, bu hujumçisiga Primeraning ikki grandi: Madridning «Atletiko» va Kataloniyaning «Barselona» jamoalari da'vogar.
Manba ma'lumotiga köra, kataloniyaliklar klubi «köklar» rahbariyati bilan uşbu futbolçining transferi borasida aloqaga çiqqan. Şuningdek, «Atletiko» yozda «Mançester Yunayted»ga ötib ketişi mumkin bölgan Antuan Grizmann örniga Kostan qaytarmoqçi.
Bundan oldingi xabarlarda «Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte uşbu futbolçi yozda Xitoy çempionatiga sotilişiga rozi ekani aytilgandi. Qişki transferlar vaqtida jamoa uşbu hujumçisining transferi böyiça takliflarni körib çiqmaydi.
Joriy mavsumda 28 yoşli futbolçi barça turnirlar doirasida 21 uçraşuvda maydonga tuşib, 14 gol urgan va 5ta golli uzatma muallifi bölgan.
Transfermarkt.de Kostani 45 mln yevroga baholagan, uning «Çelsi» bilan amaldagi şartnomasi 2019 yilgaça tuzilgan.












