Fransiya prezidenti Fransua Olland AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning YeIni tanqid qilişiga javob qaytardi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar qilmoqda.

«Yevropa transatlantik hamkorlikni davom ettirişga tayyor, biroq bu hamkorlik öz qadriyatlari va manfaatlariga asoslangan bölişi kerak. Yevropaga taşqaridan maslahatlar kerak emas», — degan Olland.