Toşkent şahrining Yaşnobod va Olmazor tumanlarida maxsus innovatsion texnoparklarni yaratiş rejalaştirilmoqda.

Özbekiston Prezidentining “Toşkent şahrining Yaşnobod va Olmazor tumanlarida innovatsion texnoparklarni yaratiş töğrisida”gi farmoni loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uçun taqdim etildi.

Farmon loyihasiga köra, innovatsion texnoparklar quyidagi sohalarda tadqiqotlar ötkaziş va kiçik innovatsion işlab çiqarişlarni yaratiş uçun taşkil etilmoqda:

•  materialşunoslik, elektron asboblar va kontrollerlar, oziq-ovqat va biologik faol qöşimçalar, dori vositalari – Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida;
•  metallarni qayta işlaş texnologiyalari, energotejamkorlik, muqobil energiya manbalari va elekron ölçaş asboblari, maşinasozlik, elektronika – Toşkentning şahrining Olmazor tumanida.

Toşkent şahrining Yaşnobod va Olmazor tumanlaridagi innovatsion texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

•  innovatsion tadqiqotlarni ötkaziş, birinçi tajribaviy-sanoat va kiçik innovatsion korxonalarni yuqori texnologiyali, içki va taşqi bozorda talabgir, raqobatbardoş mahsulotni işlab çiqariş maqsadida taşkil etiş; 
•  xorijiy va mahalliy zamonaviy texnologiyalarni mahalliy işlab çiqaruvçilarga tatbiq etiş orqali transferi, bu maqsadlarga yuqori texnologiyali va innovatsion işlab çiqarişni taşkil etişga imkoni bor mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qiliş;
•  oliy öquv muassasalari, fanlar Akademiyasi va işlab çiqariş yaqin hamkorligini ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar hamda işlanmalar samaradorligini oşiriş maqsadida ta'minlaş, ularning işlaşi uçun ijobiy şaroitlarni yaratiş, bunga yuqori malakali mutaxassislar, amaliyotçilar, şuningdek talabalarni jalb qiliş;
•  innovatsion tadqiqotlar va işlanmalar natijalarini mahalliy korxonalar faoliyatidagi amaliyotga keng tatbiq etiş.

Innovatsion texnoparklar hududida joylaştirilgan kiçik innovatsion işlab çiqarişlar Ma'muriy kengaş qaroriga köra, 10 yillik muddatga uning iştirokçisi maqomini oladi.

Farmon loyihasiga köra, ilmiy işlanmalar va tadqiqotlar davlat byudjyeti, innovatsion tadqiqotlar buyurtmaçilari mablağlari, xorijiy grantlar va texnik kömak mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.