Eron Suriya bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş haqidagi kelişuv doirasida Suriya hududida mobil aloqa tarmoğini işga tuşiriş huquqini oladi, deb ma'lum qildi Reuters axborot agentligi.
Suriya boş vaziri Imad Xamis va Eron vitse-prezidenti Isxoq Jahongiriy iştirok etgan marosimda davlatlar hamfikrlik haqida 5 ta bayonnoma imzolaşgan. Ularda Suriya hukumatiga Eron tomondan köp milliardlik moliyaviy kömak taqdim qilinişi aytib ötilgan.
Eronning "Islom inqilobi qöriqçilari korpusi" harbiy-siyosiy taşkiloti bilan boğlangan konsorsium 2009 yilda Eron mobil telekommunikatsion kompaniyasi aksiyalarining nazorat paketini xarid qilgandan keyin Erondagi telekommunikatsion bozorning katta hajmini nazorat qiladi.
Ma'lum qilinişiça, "Islom inqilobi qöriqçilari korpusi" Suriyadagi harbiy ixtiloflarda iştirok etgan.












