Google Play va App Store ilovalaridan tuşgan daromad 2016 yilda 40 foizga ösdi. Bu haqida App Annie tahlil  kompaniyasi hisobotida xabar berildi. 

Ötgan yili Google Play va App Store ilovalar sotuvidan 35 milliard dollar işlab olgandi. Bir yilda jami 90 milliard ilova yuklangan, bu 2015 yilga nisbatan 15 foizga köp demakdir.  Google Play va iOS'da uşbu körsatkiç 13 milliardga oşgan. Yuklamalar soni böyiça yetakçilik avvalgidek Google Play'ga tegişli, biroq App Annie'da ta'kidlanişiça, App Store ösiş sur'atlarini oşirişda davom etmoqda. 
 
Foydalanuvçilarning ilovalarda ötkazgan vaqti 2016 yilda 25 foizga köpaygan va 900 milliard soatni taşkil qilgan. Gap Android-smartfonlarda ötkazilgan vaqt haqida bormoqda, Xitoy bundan mustasno. Har bir Android-foydalanuvçi 2016 yilda kuniga örtaça ikki soat vaqtini ilovalarda ötkazgan.

iOS platformasidan yuklaş böyiça yetakçilikni Xitoy qölga kiritdi, Android orqali esa - Hindiston, mamlakat bu borada AQŞ va Braziliyani ortda qoldirdi. App Store ilovalaridan daromad oliş darajasi böyiça yetakçilik ham Xatoyga nasib etdi, Google Play ilovalaridan tuşuvçi daromadlar borasida esa Yaponiya birinçi böldi.