Strasburgdagi Yevropaning inson huquqlari böyiça sudi 17 yanvarda Litva Pravenişkes axloq-tuzatiş koloniyasida jazo ötayotgan mahbusning huquqlarini buzganligini e'lon qildi. Bunga hukumatning mahbusga masofadan turib öqiş izlaşida internetdan foydalanişni taqiqlagani sabab bölgan.
Mahbus Xenrikas Yankovskis sudga koloniya ma'muriyati unga internetdan foydalaniş imkoniyatini berişni taqiqlaganidan keyin murojaat qilgan.
"Litva axloq-tuzatiş koloniyasidagi mahbusning huquqlarini buzgan. Unga öqiş qidiriş maqsadida internetdan foydalaniş taqiqlab qöyilgan", deyilgan sud qarorida.
Sud hakamlik hay'ati "bunday qarorlar Yevropaning inson huquqlarini himoya qiliş konvensiyasini buzişini, çunki internetdan foydalaniş inson huquqi hisoblanişini" e'lon qilgan. Sud mahbusning unga 30 ming dollar tovon puli tölaş iltimosini rad etdi. Sudyalar bu vaziyatda qoidabuzarlik tasdiqlanişining özi yetarli deb topganlar.












