Qozoğiston sudi korrupsiyada aybdor topilgan mamlakat sobiq boş vaziri Serik Axmetovning jazo muddatini amnistiya aktini qöllagan holda qisqartiriş sörovini qanoatlantirdi. Bu haqda "Kazinform" agentligi sud vakiliga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Axmetov 2015 yil dekabrida "özganing mulkini özlaştirib oliş", "tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy iştirok etiş", "lavozim vakolatidan ğarazli maqsadlarda foydalaniş" va "qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga tösqinlik qiliş" kabilarda aybdor deb topilgan va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. 2016 yil martida Qarağanda viloyati apellyatsiya sudi bu muddatni 8 yilga tuşirgan edi. 

Şunday qilib, yangi qarorga köra, sobiq boş vazirning jazoni ötaş muddati bir yil, 7 oy va 11 kunga qisqartirilgan. Biroq, hozirça, sud qarori kuçga kirmagan. Ayblov tomoni bu qaror yuzasidan noroziligini bildirişi mumkin. 

Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, 2016 yil 13 dekabrida mamlakat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida qonunni imzolagan edi.