GlobalData konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga köra, 2016 yilda dunyoda umumiy quvvati 70 gigavattlik quyoş elektr stansiyalari örnatilgan. Agar ma'lumotlar töğri bölsa, unda quyoş energetikasi 2016 yilda 2015 yilga nisbatan deyarli 1,5 barobar ösgan. Boşqa tahliliy guruhlar yanada kattaroq raqamlarni berişgan, ularning hisob-kitoblariga köra, 2016 yilda 76 gigavattlik quyoş elektr stansiyalari örnatilgan. Agar ular haq bölsalar, quyoş elektr stansiyalari 12 oy içida öz quvvatini 30 foizga oşirgan. Gelioenergetika (quyoş energetikasi) birinçi marta Rossiya kabi davlatning umumiy energetikasi quvvatidan oşib ketgan. Ularning kiritilişi örtaça sur'ati har 450 soniyada bir megavattga yaqin bölgan.
2015 yil oxiriga kelib dunyoda 225 gigavattlik quyoş elektr stansiyalari bölgan. GlobalData ma'lumotlariga köra, 2016 yil oxiriga bu raqam 294,69 gigavattga yetgan. Şunisi ma'lumki, bu sohada Xitoy yetakçilik qilmoqda. Bu davlatda 2016 yil 1-çoragining özida 7,14 gigavattlik elektr stansiyalari örnatilgan. Bundan bir gigavattdan sal köproği fotoelementlarga, qolgani esa quyoş elektr stansiyalari hisobiga töğri kelgan. Taqqoslaş uçun aytiş mumkinki, AQŞda şu davr içida 4,1 gigavattlik elektr stansiyalari örnatilgan.
Çöllar va qurğoqçil yerlarda örnatilgan quyoş elektr stansiyalari örnatilgan quvvatning bir kilovattiga yiliga 2200 kilovatt-soat energiya beradi. Biroq bir qator hollarda quyoş batareyalari nam iqlimga ega hududlar, quyoşga nisbatan nomukammal burçakka ega uylar tomlarida örnatiladi. Bunda esa yuqoridagi körsatkiç kamroqni – 1000 kilovatt-soatni taşkil qiladi.

















