AQŞning Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) sönggi 35 yilda ilk marotaba amerikaliklar haqida ma'lumotlarni töplaş, tahlil qiliş va saqlaş qoidalarining yangilangan namunasini e'lon qildi. Yangi qoidalar boşqarma saytida joylaştirilgan. 

MRBning boş huquqiy maslahatçisi Kerolayn Kressning aytişiça, yangilangan qoidalar «amerikaliklarning şaxsiy hayoti va fuqarolik huquqlarini himoya qiliş»ni nazarda tutgan holda tuzib çiqilgan, deya xabar qilgan Reuters.

Tuzatilgan qoidalar röyxatini MRB direktori Jon Brennan va AQŞ adliya vaziri Loretta Linç tasdiqlagan.

Yangilangan qoidalar orasida, şuningdek, tergov jarayoni uçun zarur bölgan ma'lumotlarni oliş va ular MRBda qança muddat saqlanişiga oydinlik kiritilgan. Jumladan, boşqarma Amerika fuqarolariga tegişli bölgan, ammo örganilmagan va baholanmagan ma'lumotlarni beş yil davomida yöq qilişi kerak. 

Avvalroq, MRB 13 mln sahifada öz faoliyatiga doir ma'lumotlarni oşkor qilgan edi.