Özbekistonda yetiştirilgan paxta tolasidan olingan çigit uruğini «Özpaxtayoğ» guruhiga kiruvçi 23 ta yoğ-moy kombinatlari qayta işlaş huquqiga ega böldi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 yanvardagi farmoniga köra, aynan uşbu korxonalar mazkur faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin. Ularning texnik çigitni qayta işlaş böyiça bir yillik örtaça qayta işlaş quvvati 2,5 mln tonnani taşkil etadi. 

Tahlillarga köra, Özbekiston yoğ-moy bozorining yetakçi uçligiga Qaşqadaryo («Kosonyoğ ekstraksiya» - yiliga 189 ming tonna va «Qarşiyoğ ekstraksiya – yiliga 126 ming tonna) vat Farğona («Qöqonyoğ» - yiliga 189 ming tonna va «Farğonayoğ-moy» - yiliga 126 ming) viloyatlari kiradi. Bu mintaqalardagi quvvatlar yiliga 315 ming tonna çigitni qayta işlaş imkonini beradi. 

Andijon viloyatidagi ikkita yirik korxona yiliga 250 ming tonnadan ortiq çigitni qayta işlay oladi. 

Surxondaryo viloyatida ham çigitni ikkita korxona qayta işlaydi, ularning umumiy quvvati yiliga 214,7 ming çigitni qayta işlaşga teng.
 
Respublikaning uşbu röyxatga kiritilmagan yoğ-moy kombinatlarida çigitni qayta işlaş vositasida yoğ işlab çiqariş yoki xöjalik şaroitlarida çigitni qayta işlaş amaldagi qonunçilik talablarini buziş hisoblanadi. qonunbuzarlarga, belgilangan tartibda javobgarlik, xususan, jinoiy javobgarlikka tortiş çoralari ham qöllanilişi mumkin, deyiladi hujjatda.