“Moskva şahriga kelib, mömay daromad topaman deb vijdonini sotayotgan vatandoşlarimizni har yerda va har sohada uçratdim. Qöşni davlatdagilardan xafa bölmasak ham bölarkan. Töğri, yaxşi odamlar ozçilik bölsa-da, bor. Erim bilan Rossiyada halol pul topiş ilinjida köp qiynaldik. Farzand kördik. Biroq uyga qaytiş orzu bölib qoladigandek tuyulardi. Ota-onamga “qiynalyapmiz” deyişga tortindim. Köp farzandli oilada katta böldim. Oğirligim tuşmasin deb, indamadim.
Moskvada 4 yildan oşiq vaqt yaşadik. Qizim dunyoga keldi. U 2 yoşga tölganida zörğa yölga va yana mayda-çuydaga pul yiğdik. Oktyabr oylari oxirlarida sovuqda kiynalmaylik deb şoşilinç uyga qaytişga qaror kildik, lekin samolyot va poyezdlarga çiptalar narxi oşib ketar ekan. Hisoblasak, pulimiz yetmadi. Şunça yil ötib, şu ahvolda uyga qaytişga erim or qilgani uçun qaytmaganimiz menga alam qilardi. Töğri, uni ham tuşunaman. “Özim uy olay, qöni-qöşnilarim öziga töq, men esa 36 yoşga kirib heç narsaga erişa olmadim”, deb ezilardi. Oddiy oilaning farzandi bölgani va otasiz ösgani bois onasi hamda singillarini boqiş uçun 16 yoşidan beri har yurtda darbadar non topişga örgangan. Men esa nima bölsa ham, uyga qaytişni öylardim. Özga yurtda pul soçilib yotmasligini, qora terga botib işlasang ham öz Vatanimizdagidek baraka heç qayerda yöqligini tuşuntira olmadim. Şu tariqa uyga avtobusda qaytişga qaror qildik. "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoğidan haydovçilarning telefon raqamlarini oldik. Bilet narxi 4500 rubl deyişdi. Xursand böldik. Yulkiraga yetadi. Qolganini uyga olib borib, heç bölmasa, qöy söyamiz degan niyatda yölga çiqdik. Sovğa-salomlar ham oldik. Avtobus bekati bir körimsiz çekka joyda ekan. Könglim noqonuniy yöl bilan olib ketişlarini sezdi. Köça sovuq, hamma yoqni qor qoplagan. Harorat 18 daraja sovuq edi. Ötirişga na vokzal va na şaroit bor. Bu yoqda qizimning tobi qoçganga öxşadi. Köp injiqlik qila boşladi.
Telefon qilgan odamimiz umuman haydovçi emas, dallol bölib çiqdi. Bizga öxşab aldanib yölga çiqqan odamlarning soni 100dan oşib ketdi. Avtobus örindiqlari esa 54 kişiga möljallangan. U ham mayli. Yölkira haqi avtobusga çiqqanda oşib ketdi. 1000 rubl qöşsa, örindiqda ötirib ketiş. 7 soat sovuqda avtobus yurişini kutdik. Uç kunda kirib boramiz, deb va'da berişdi. Ammo uç kun emas, olti kunda yetib kelişdi. Yölda GAI töxtatsa haydovçi pasportlarni yiğib olib, “GAI sörayapti, hammangizni militsiyaga topşirmoqçi” deb, yana har bir yölovçidan pul yiğib oldi. Meni esa çegaradan yana Moskvaga qaytarişdi. Qizimni olib ötiş uçun hujjat olmagan ekanman. Tiqilinç avtobusda çegaraga uç kunda yetib bordik. Orqaga qaytişga esa yana bir kunim ketdi. Erim çegaradan ötib ketdi, çunki unga muhr urib bölişgan edi. Bir tanişimnikiga kelib tunadim. Elçixonadan hujjat qildirib, yana yölga çiqdim. Şoşilinç samolyotlarning çipta narxi 1000 AQŞ dollariga teng bölib qolgani uçun yana ana şu yolğonçi avtobusçilar oldiga bordim, çunki qizimni sal şamollatib qöyibman. Tezroq uyga borib davolataman, deb şoşgandim. Dallollarga ahvolimni tuşuntirdim. Ular yana bir talay va'dalar bilan avtobusga çiqarişdi...yana öşa manzara. Pulini qaytarib söraganlarning pulini qaytarmay, har xil bahonalar topişardi. Ularni özbeklar deyişga tilim bormaydi. Bu safar ham firibgarlarga uçradim. Hammadan GAIga, çegaradan ötişni bahona qilib, yana majburan pul yiğa boşlaşdi. Haqoratlar esa qalbga oğir botdi. Uç kunda Qozoğiston çegarasiga yetganda indamay tuşib ketişdi. Hammamiz yöldan çarçaganimiz, sovuqda qolganimizga e'tibor bermadik. Qizim bilan yulda qança yurgan bölsak, biror marta ham tuz totmadik. Qizimning közlari şişa boşladi. Uning oğirlaşib ketayotganini körib, nima qilişimni bilmay, Xudodan yölimizni oçiq qilişini sörardim. Haydovçi şu tariqa 11 soat çegara boşida turdi. “Pul yiğmagunlaringça yurmayman”, deb turib oldi. Köpçilikning puli tugagan. Oramizdan bir mard çiqdiki, hammamiz uçun pul tölab, Qozogistonga ötib oldik. U yerda yana muammo çiqarişdi. Şu tariqa Özbekiston çegarasiga yetib keldik. Qizim esa huşsiz yotardi. Yonimda bir tiyinim ham qolmagandi. Közimdagi yoş tinmasdi, heç kim qayrilib ham qaramaydi. Muxammad Ali degan çegaraçi qöliga tuşganimda çidolmay urişib ketdim.












