2017 yil 20 yanvar kuni milliarder tadbirkor Donald Tramp AQŞ prezidenti lavozimiga kirişadi. Uning tantanali inauguratsiyasi Vaşingtondagi Kapitoliy binosi hovlisida bölib ötadi. 

Tramp Amerika davlatining 45-prezidenti böladi. Tadbirkor nomzod 2016 yil 8 noyabrda bölib ötgan prezidentlik saylovida kutilmaganda ğalaba qozongan edi. Marosimda Tramp oilasi, mamlakat siyosiy rahbariyati va yaqinda siyosiy raqib bölganlar — prezident Barak Obama va Demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton ham iştirok etadi.

Xabarlarga köra, inauguratsiya kunini Tramp avliyo Ioann ibodatxonasiga taşrif buyuriş bilan boşlaydi. Oq uy qarşisidagi çerkovga boriş an'anasi bir neça ön yillar avval paydo bölgan. 

Tramp bölğusi vitse-prezident Mayk Pens va oila a'zolari bilan birga çerkovga borişadi, söngra Oq uyda ertalabki çoyxörlik taşkil etiladi. Oradan bir soatlar ötgaç, Obama va Tramp birgalikda inauguratsiya marosimiga taşrif buyuradi.

Mahalliy vaqt bilan kunduzi 11:30 da (21:30 Toşkent vaqti bilan) qasamyod qiliş marosimi boşlanişi belgilangan. U Kapitoliyning ğarbiy maydonida bölib ötadi. Roppa rossa 12:00da Tramp 35 ta majburiy va 4 ta ixtiyoriy  sözlardan iborat qasamyodni aytadi. Tramp qasamyodini Oliy boş hakami Jon Roberts ötkazadi.

Şundan söng, Tramp 25 daqiqalik ma'ruza qiladi. 

Şu bilan inauguratsiyaning rasmiy qismi yakunlanadi va paradlar hamda ballardan iborat tantanalar ötkaziladi. 

Obama inauguratsiya marosimi yakunlangaç, oilasi bilan Kapitoliyni vertolyotda tark etadi hamda birinçi raqamli samolyotga sönggi marotaba ötirib, Floridaga ta'tilga jönaydi. 

 Şu munosabat bilan, Vaşingtonda jiddiy xavfsizlik çoralari körilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlarining taxmin qilişiça, marosimda kamida 300-400 ming kişi bölişi kutilmoqda. Albatta, bu Barak Obamaning birinçi inauguratsiyasiga taşrif buyurganlar sonidan sezilarli kamdir. Öşanda 2 mlnga yaqin odam taşrif buyurgan edi. 

 CNN telekanaliga köra, umuman yuzga yaqin kvartalda avtomobil harakati tösiladi. 5 kvadrat kilometr maydonni qöriqlaş işlariga politsiya, maxfiy xizmat, transport xavfsizlik boşqarmasi va boşqa huquq-tartibot idoralarining 28 ming xodimi jalb etiladi. 

Inauguratsiyaga bevosita bormoqçi bölganlarga qator buyumlarni olib keliş yoki olib yuriş taqiqlangan. Bundan taşqari, AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi Vaşington osmonidagi parvozlargaçeklovlar joriy qiladi.