Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyoti 2010-2016 yillarda aviadispetcherlarning ish tashlashi tufayli 12 milliard yevrodan ayrildi. Bu haqda Le Figaro Airlines for Europe (A4E) Yevropa aviakompaniyalari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga asosan xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, yo‘qotishlarning taxminan 59 foizi turistik sohaga to‘g‘ri kelgan. Aviakompaniyalarning o‘zi esa 6 foiz zarar ko‘rgan.

Xabar qilinishicha, assotsiatsiya vakillari bu sohadagi ish tashlash bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni cheklash maqsadida fransiyalik aviadispetcherlarga ish tashlash boshlanishi haqida 72 soat oldin xabardor qilish majburiyatini yuklamoqchi. Aynan Fransiyada aviatsiya sohasidagi eng ko‘p ish tashlashlar kuzatiladi.