Mamlakatimizda bojxona sohasida bojxona nazorati va rasmiylaştiruvini yanada takomillaştiriş va şafoflaştiriş, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun imtiyozlar va qulayliklar yaratişda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng miqyosda foydalanişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ma'lumki, 2012 yil 18 iyuldagi «Işbilarmonlik muhitini tubdan yaxşilaş va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik beriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident Farmoni bilan 2013 yil 1 yanvardan boşlab tovarlarni bojxonada elektron şaklda rasmiylaştiriş tartibi amaliyotga joriy qilingan edi.
Unga binoan Davlat bojxona qömitasi tomonidan beriladigan malaka attestatiga ega bojxona rasmiylaştiruvi böyiça mutaxassislar qömitaning www.bojxona.uz veb-saytidagi havoladan (http://bojxona.uz/uz/events/service/48/) “Elektron deklaratsiyalaş” axborot tizimiga elektron raqamli imzo orqali kirib, bojxona yuk deklaratsiyalarini bevosita öz idoralaridan çiqmasdan turib, bojxona organlariga taqdim etib kelişmoqda.
Ötgan yillar davomida mazkur amaliyot özini töla oqlab, birgina 2016 yilda bojxona organlariga 392 mingdan ortiq bojxona yuk deklaratsiyalarining 99 foizi elektron şaklda taqdim qilingan.
Taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga yanada qulaylik yaratiş, şuningdek bojxona organlari tomonidan körsatilayotgan elektron xizmatlarni yagona manzildan turib, taqdim etiş maqsadida endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim qiliş” xizmati joriy qilindi. (Uşbu havolada: https://my.gov.uz/uz/service/464)
Portal orqali ariza şakli töldiriladi hamda unga “ye-BYuD” dasturi orqali avvalda tayyorlangan Bojxona yuk deklaratsiyasining elektron şakli ilova qilingan holda yuboriladi. Ilova qilingan deklaratsiya Davlat bojxona qömitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bölişi şart.
Şu örinda eslatib ötamiz, “ye-BYuD” dasturini foydalanuvçilar Davlat bojxona qömitasi veb-sayti orqali bepul köçirib olişlari mumkin.(http://bojxona.uz/uz/events/service/48/)
Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim qiliş” xizmati 5 bosqiçdan iborat bölib, jarayon muvaffaqiyatli yakunlanganda mutaxassisga Bojxona yuk deklaratsiyasining röyxatdan ötgan raqami hamda mazkur deklaratsiyaning QR-kod bilan himoyalangan pdf formatdagi şakli taqdim etiladi.












