2017 yilning 19 yanvar kuni Moskva şahrida Özbekiston-Rossiya vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarining navbatdagi raundi bölib ötdi. Bu haqida Özbekiston Respublikasi TIV rasmiy saytida xabar berildi. 

Muzokaralarda Rossiya tomonidan Rossiya Federatsiyasi taşqi işlar vaziri örinbosari Vasiliy Nebenzya boşçiligidagi delegatsiya iştirok etdi.

Muloqot davomida MDH doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda Özbekiston-Rossiya kun tartibining boşqa masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Maslahatlaşuvlarda Toşkent şahrida MDH taşqi işlar vazirlari kengaşining bölajak majlisi va ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi boşqa tadbirlarga tayyorgarlik köriş jarayoniga alohida e'tibor qaratildi.