AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp öz soçlari haqida hazil qildi. U inauguratsiya kunidagi yomğir kişilarning yasama soç kiyib yurişi bilan boğliq barça gumonlarni olib taşlaydi, degan fikrda. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
«Yomğir yoğişi ham, yoğmasligi ham mumkin. Agarda bu röy bersa, yaxşi bölardi, çunki kişilar haqiqatan soçlarim borligiga guvoh böliş imkonini qölga kiritişadi», - deya ma'lum qildi Tramp Vaşingtondagi keçki ovqat paytida.
Naşrning yozişiça, marosim taşkilotçilari kutilayotgan yomğir sabab kiçik yiğiladigan soyabonlarni olib kirişga ruxsat berişgan.












