Jahon banki O‘zbekiston biznesiga milliardlar ajratadi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myullerni qabul qildi.
"Sizning O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasiga shaxsiy e'tiboringizni yuqori baholayman. O‘tgan yili 2020 yilga qadar qabul qilingan mamlakat dasturi uchun minnatdorchilik bildiraman", — dedi Mirziyoyev Myuller bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Shuningdek, Prezident O‘zbekiston va JB orasidagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini alohida ta'kidlab o‘tdi. "Yaqinda biz Jahon banki bilan millionlar (dollar) haqida gaplashgan bo‘lsak, bugun milliardlar haqida gaplashmoqdamiz", — dedi Mirziyoyev.
Myuller esa o‘z navbatida O‘zbekistonda kichik biznesni jadal rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha yaqinda qabul qilingan chora-tadbirlar g‘oyat muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta'kidladi. Tomonlar shuningdek, o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari xususida fikr almashishdi, sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 2016 yilning iyulida O‘zbekiston bilan hamkorlikning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Xususan, JB O‘zbekistondagi umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan 27ta ustuvor loyiha uchun 3 milliarddan ortiq mablag‘ni zaxiraga saqlab qo‘ygan edi.
O‘zbekiston Jahon bankiga 1995 yilda a'zo bo‘lgan. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston ushbu tashkilotdan xususiylashtirish, moliya sohasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, elektr energetika, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, sog‘liqni saqlash, ta'lim sohalariga mo‘ljallangan 33ta loyiha uchun umumiy hisobda deyarli 2,8 milliard dollar kredit olgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

16:09 / 15.04.2025
Jahon banki Rog‘un GESini qayta tekshirmoqchi. Bunga ekspertlar fikri qanday?

16:36 / 10.04.2025