AQŞ hukumati Janubiy Koreyadan BMTning sobiq boş kotibi Pan Gi Munning ukasini korrupsiya işi böyiça hibsga olişni talab qilmoqda. Bu haqda Nyu-Yorkning Manxetten sudi prokurori yordamçisi bayonotiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Prokuratura vakilining ma'lum qilişiça, AQŞ Janubiy Koreyaga Keangnam Enterprises Co Ltd. quriliş kompaniyasining sobiq maslahatçilaridan biri, Pan Gi Munning ukasi Pan Gi Sanni hibsga oliş talabi bilan murojaat qilgan. AQŞ uning ekstraditsiyasini ham talab qilmoqçi.

Sud hujjatlariga köra, BMT sobiq boş kotibi jiyani Pan Çu Xyon va uning ukasi Pan Gi San rasmiy şaxslarni sotib oliş maqsadida til biriktirişda ayblanmoqdalar. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, korrupsiya işi Vetnamda 800 mln dollarlik binolar majmuasini sotiş bilan boğlangan. Ma'lum qilinişiça, Pan Gi Munning jiyani Nyu-Yorkda köçmas mulk sotuvçi agent bölib işlaydi.

BMT bu holat böyiça izoh berişdan boş tortgan.