Harvard universiteti qoşidagi Vissa instituti olimlari innovatsion yumşoq ekzoskelet işlab çiqişdi. Qurilmaning noyobligi şundan iboratki, u insonning yurişini 23 foizga yengillaştirişga qodir, bunda inson energiyasi ham tejaladi. Ekzoskelet samaradorligi tadqiqoti natijalari Science Robotics jurnalida çop etildi.
Ekzoskelet Amerikaning DARPA harbiy agentligi vositalari asosida işlab çiqilgan. Dastlab bunday qurilmalar harbiy operatsiyalarni bajariş vaqtida amerikalik askarlar energiyasini tejaşga imkon berişi rejalaştirilayotgan edi, zero harbiylar bir neça kunlab katta jismoniy yuklamalar ostida qolişadi.

"Biz yetti nafar soğlom erkakdan iborat test guruhida tajribalar ötkazdik. Ekzoskelet yuriş davomida yaxşi samara körsatdi va bu oxir-oqibat energiyaning 23 foizga tejalişiga olib keldi - ekzoskelet yordamida va usiz harakatlangan kişilarni taqqoslab, şunday xulosaga kelindi. Bizga ma'lum bölişiça, bu bugunga qadar bunday qurilmalar orasidagi eng yuqori körsatkiçdir", - dedi moslama rahbari Konor Uolş.
Tadqiqotçilarning ta'kidlaşiça, tizimni sinovdan ötkaziş uçun qöşimça vaqt kerak böladi. Kelgusida uşbu ekzoskeletlardan keksa yoşli kişilar, Parkinson va şu kabi kasalliklardan jabrlanuvçilarni qöllab-quvvatlaşda foydalaniş rejalaştirilmoqda.












