AQŞning öz vakolatlarini bajarişga kirişgan yangi prezidenti Donald Tramp Amerika yetakçilarining boş qarorgohi – Vaşington şahridagi Oq uyga yetib keldi.
Oq uy Trampning masofa jihatidan yaqin, ammo vaqt ölçovida uzoqqa çözilgan sayrining sönggi manzili böldi. Dastlab u Kapitoliy tepalagidagi Kongress binosi maydonida tantanali qasamyod qildi, söngra bir neça farmonlarni imzoladi va tantanali qabul marosimida qatnaşdi.
AQŞ prezidenti korteji Oq uyga borişda an'anaviy paradni boşqargan. Tramp rafiqasi Melaniya bilan odamlarni olqişlaş uçun bir neça marotaba zirxli maşinadan çiqişgan.












