IŞID terrorçilik guruhi faoliyati giyohvand moddalar işlab çiqariş va sotişdan tuşadigan mablağlarga köp jihatdan boğliq. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Xalqaro giyohvandlikka qarşi forumda çiqiş qilib aytib ötgan.

"Giyohvand moddalar birinçi navbatda xalqaro xavfsizlikka tahdidlar bilan töğridan-töğri boğliq. Bu bizning davlatga ham rahna solmoqda, - dedi u. – Men aynan giyohvand moddalar biznesi, bu soha terrorçilik taşkilotlari va uyuşgan jinoyatçilikni moliyalaştirayotganini nazarda tutmoqdaman".

"Afğoniston bizga yaqin yerda joylaşgan. Uşbu mamlakatdagi tolibonlar va boşqa muxolif guruhlar nazoratida bölgan hududlarda giyohvand moddalar işlab çiqarilişi hajmi doimiy ravişda oşirib borilmoqda. IŞID Suriya, Iroq va boşqa davlatlarda neft kontrabandasidan taşqari, giyohvand moddalarni işlab çiqariş tufayli ham faoliyat olib boradi".

Lavrovning ma'lum qilişiça, Rossiya jahon arenasida giyohvand moddalarga aloqador liberal konsepsiyalarning ilgari suriş harakatlariga qarşi çiqadi.

"Giyohvand moddalar global muammoga aylandi. Ötgan yilning aprel oyida BMT maxsus sesssiyasi bölib ötdi. U jahondagi giyohvand moddalar muammosiga bağişlandi hamda yakuniy hujjatlarda bu global xavf bilan töxtovsiz kuraş olib borişni davom ettiriş böyiça bizning prinsipial pozitsiyamizni özida ifodalaydi", - ta'kidlab ötdi vazir.

"Bizning maqsad – bu giyohvand moddalardan erkin bölgan dunyodir", - qöşimça qilgan Lavrov.