AQŞning yangi prezidenti Donald Trampning rafiqasi, Amerikaning yangi birinçi xonimi Melaniya Oq uy tarixidagi eng jozibali birinçi xonim bölişni orzu qilmoqda.
Aytiş joizki, hozirça, AQŞning 35-prezidenti Jon Kennedining rafiqasi Jaklin Kennedining libos tanlovi borasida didini boşqa birinçi xonimlar takrorlay olgani yöq. Biroq, körinişidan, Melaniya Tramp Jyeki Kennedi erişgan natijani takrorlaş uçun bor kuçini sarflaydi. Balki, şuning uçundir Donald, rafiqasi uslubi bilan Jaklinga öxşaşligi borasida köp bora takrorlagan.
Umuman, Jyeki Kennedi – Melaniya uçun namunadagi ayoldir. Trampning 20 yanvardagi inauguratsiya marosimida ham bunga guvoh böliş mumkin edi. Melaniya turmuş örtoğining qasamyod qiliş marosimiga 1961 yilda Jaklin kiygan libosga juda öxşaş kiyimda keldi. Amerika matbuoti bu öxşaşlikni tezda payqadi.

Melaniya inauguratsiya uçun yorqin-moviy tusdagi, unça katta bölmagan yoqali, yenglari kalta paltoni tanlagan. U şunga mos ravişda uzun qölqop va poyabzal kiygan. Jyeki 56 yil muqaddam, erining qasamyod marosimiga deyarli ayni tusdagi paltoda, Melaniyanikiga aynan mos keladigan moviy qölqop va şlyapada kelgan edi.
Şu bilan birga, uzoq vaqt mobaynida dizaynerlardan kim Melaniya uçun libos tikişi noma'lum bölib keldi. Bu masalaga ham kuni keça oydinlik kiritildi. Birinçi xonim, amerikalik maşhur modeler Ralf Lorenni tanlagan aniq böldi.
Stilistlarning qayd etişlariça, Melaniya Tramp, Mişel Obamadan farqli ravişda, moda tajribalarini xuş körmaydi va klassikani yoqtiradi. Amerika klassik modasining tan olingan dizayneri Lorenni tanlaş esa, bu istakka mos keladi.












