Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oşirişga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan uçraşiş va muloqot qiliş maqsadida 20 yanvar kuni Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA milliy axborot agentligi xabar qilmoqda.

Şuni alohida ta'kidlaş zarurki, Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinçi taşrifini qoraqalpoq zaminidan boşlagani muhim ahamiyatga ega. Bu albatta davlat rahbarining Qoraqalpoğistonga, qoraqalpoq xalqiga bölgan yuksak hurmat-e'tiboridan dalolat beradi.

Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 10 noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumanida bölib ötgan saylovoldi uçraşuvida: “Men nafaqat özbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!”, deb ta'kidlagan edi. Şu bilan birga, uşbu mintaqada yaşayotgan aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça belgilangan keng kölamli işlar haqida töxtalib, jumladan: “Bundan buyon har bir tuman va şaharga, kerak bölsa, çekka-çekka qişloq va ovullargaça kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eşitamiz, muammolarini hal qilişga qaratilgan dasturlar işlab çiqamiz va ijrosini qat'iy nazoratga olamiz”, degan edi.

Aytiş mumkinki, Qoraqalpoğiston Respublikasiga bugungi taşrif ana şunday ezgu maqsadlarning, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarning yana bir amaliy ijrosi sifatida namoyon böldi.

Ma'lumki, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar natijasida Qoraqalpoğiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlari, sanoat, quriliş, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalari ham jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda yalpi hududiy mahsulotning qariyb yarmi, hududiy eksportning 75 foizi xususiy sektor hissasiga töğri kelmoqda. Iş bilan band bölgan aholining 75 foizi aynan şu sohada mehnat qilmoqda.

Ayni paytda bu hududning murakkab şaroiti, Orol dengizi bilan boğliq mintaqada yuzaga kelgan ekologik ofat aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş, sifatli tibbiy yordam körsatiş, onalik va bolalikni himoya qiliş, oila va mahalla institutlariga e'tibor qaratiş, ayollar va yoşlarning jamiyatdagi örni va mavqeini oşiriş kabi bir qator muhim masalalar yuzasidan keçiktirib bölmaydigan amaliy işlarni talab etmoqda.

Ana şu maqsadda davlatimiz rahbari taşrif davomida oddiy odamlar bilan uçraşdi, oilalarga kirib, ularning turmuş şaroitlari bilan yaqindan tanişdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bölib ötdi.