Tailand janubida kuzatilayotgan kuçli suv toşqinlari oqibatida qurbon bölganlar soni 80 kişiga yetdi, yana 4 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda favqulodda holatlar oqibatini bartaraf etiş departamenti şanba kuni xabar berdi.
Kuçli suv toşqinlariga mintaqada yanvar boşidan beri kuzatilayotgan kuçli yomğirlar sabab bölgan. Sinoptiklar yetti viloyat hududida dam oliş kunlari yana yomğir yoğişini taxmin qilmoqda. Siam böğozida katta tölqinlar kutilmoqda, kiçik kemalar egalariga sohilda qoliş tavsiya qilindi.
Qutqaruvçilar ma'lumotiga köra, Janubiy Tailandda kuçli yomğirlar oqibatida yuz minglab uy xöjaliklari suv ostida qolgan. U yerda 1,7 million kişi istiqomat qiladi. Xorijlik fuqarolar orasida jabrlanganlar borasida xabar berilmadi.
Suv toşqinlari katta iqtisodiy zarar yetkazdi. Köplab hududlardagi guruç maydonlari, şuningdek yuzlab fabrika va zavodlar suv ostida qolgan. Tabiiy ofat oqibatida yetkazilgan moliyaviy zarar miqdori 2,8 millard AQŞ dollari atrofida baholanmoqda.
Tailand janubiga kuçli yomğirlarni siklon (atmosfera girdobi) olib kelgan. Boş vazir Prayut Çan-Oça mamlakatda kuzatilayotgan noqulay ob-havoni “sönggi 30 yil davomidagi eng yomoni” deb atadi. Aksariyat kurortlarga suv toşqinlaridan zarar yetmagan.












