AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiya marosimidan keyin şaxsiy mobil telefonidan voz keçişga majbur böladi. U Oq uy xavfsizlik xizmati vakillari bilan suhbatlaşganidan söng, yaxşiroq himoyalangan usuldan foydalanişga qaror qilgan, deb xabar qilmoqda Associated Press. Bundan taşqari, siyosatçi telefon raqamini ham özgartiradi, deb yozadi The New York Times gazetasi.
Aytiş joizki, Donald Tramp Twitter sahifasida bayonotlar qoldirişda Android-smartfonidan faol ravişda foydalanib kelar edi. Uning telefoni Samsung ekanini tasdiqlovçi manbalar bölsa-da, modelini aniqlaş imkoni bölmagan.
Saylovoldi kampaniyasi çoğida Tramp telefon raqamini topiş oson edi. U jurnalistlar, yulduzlar, siyosatçilarning qönğiroqlariga javob bergan.
Oq uy xavfsizlik xizmati xodimlarini bu holat taşvişlantirmay qolmadi, albatta. Şundan söng, Tramp ular bilan maslahatlaşgaç, garçi bu uni taşqi dunyodan uzib qöyişini aytgan bölsa-da, smartfonini almaştirişga qaror qilgan.
Xöş, unda Barak Obama qanaqa telefondan foydalangan? Iste'foga çiqayotgan Obama BlackBerry telefonining moslaştirilgan namunasidan foydalangan va har doim ham bundan köngli tölmagan. Çunki, u SMS yoza olmas, ovozli xabarlar qoldiriş imkoniyati yöq edi. Smartfonning ayrim funksiyalari xavfsizlik nuqtai-nazaridan çeklangandi. Aniqroği, oddiy qöl telefoni kabi edi.
Şu bilan birga, Obama Oq uyda şaxsiy telefondan foydalaniş huquqini himoya qila olgan ilk prezident böldi.












