AQŞ prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirişiş munosabati bilan taşkil etilgan tantanali tuşlik vaqtida saylovlardagi raqibi Hillari Klintonni olqişlaşni taşkillaştirdi. Bu haqda Mediaite xabar qilmoqda. Sobiq davlat kotibi tantanaga taşrif buyurgan va ular qöl berib körişişdi. Tuşlikdan söng, Tramp mikrofon yoniga borib, töplanganlarga murojaat qildi. 

«Preziden Bill Klinton va davlat kotibi Hillari Klinton taşrif buyurişlari bilan meni ikrom qilişdi», — dedi Tramp. Şundan söng, zalda qarsaklar ovozi eşitildi, yangi davlat rahbari esa, bu bilan ham qoniqmay, barça mehmonlarni tik turib olqişlaşga çorladi. 

Trampning özi ham birmunça vaqt olqişlab, qarsaklar ovozi tinganda şunday dedi: «Boşqa gapga hojat yöq, çunki men bu ikki insonni juda ham hurmat qilaman».

Hillari Klinton, öz navbatida, buning uçun minnatdorlik izhor qildi. «Men bugun demokratiyamiz va qadriyatlarimizga hurmat körsatiş maqsadida bu yerdaman. Men heç qaçon, mamlakatimiz va uning kelajagiga işonişdan töxtamayman», — deb yozgan Klinton xonim Twitter mikroblogida.